Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

    Ta'lim 15 Iyul 2022 15462

    2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

    transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

    my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

    Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

    Kerakli hujjatlar:

    ◾️ ariza (onlayn tarzda)
    ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
    ◾️ akademik maʼlumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).

    Eslatib oʻtamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga oʻtganda)ga ichki “perevod” uchun oʻqishini koʻchirishga ruxsat beriladi.

    Ogoh boʻling, xorijdan oʻqishni koʻchirish bilan bogʻliq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy taʼlim muassasasida qarzdorliklar mavjud boʻlsa, talaba oʻtish balidan yuqori ball toʻplagan taqdirda ham unga oʻqishni koʻchirishga ruxsat etilmaydi.

    Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot