O'qituvchi kasbini mamlakatimizdagi eng obro'li kasbga aylantirish bo'yicha Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifaning amaliy ijrosi yangi yilning birinchi ish kunidan boshlandi.

Toshkent shahrida yangi qurilgan eng zamonaviy Chinobod Plaza sanatoriyasi birinchi mehmonlari sifatida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan pedagoglar uchun o'z eshiklarini ochdi.


SHunisi quvonarliki, bu yil ilk bora 13,5 ming nafardan ortiq pedagoglarga O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan sanatoriyalarda bepul dam olib, sog'liqlarini tiklash imkoniyati rejalashtirilgan. Prezidentimizning ushbu tashabbuslarini bunday yuqori darajada ijrosini tashkil etishni boshlaganliklari uchun kasaba uyushmalari federatsiyasiga minnatdorchilik bildiramiz.
