Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

    Hujjatlar 30 Sentabr 2020 6025

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, oʻquvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

    “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan

    Jumayev Toʻxtamurod Murtazayevich - Qorakoʻl tumanidagi xalqaro matematika maktabi faxriy direktori, Buxoro viloyati

    “Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni bilan

    Abdiyev Baxtiyor Bobonazarovich - Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Yuldasheva Fayzixon Arapovna - Norin tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Namangan viloyati

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni bilan

    Raxmanova Raʼnoxon Muxtarovna - Oltinsoy tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Aslonova Muxtaram Askarovna - S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyining biologiya fani oʻqituvchisi

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

    Kushenova Kanzira Karbayevna - Tomdi tumanidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

    Uzakbayeva Roza Sarsenovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1-Mehribonlik uyi oʻqituvchisi

    Ishankulov Artikbay - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi direktori

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

    Musayev Abdurashit Ibraximovich - Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining eshkak eshish boʻyicha katta murabbiyi, Toshkent viloyati

    Xodjayev Ravshan Ilxanovich - Buxoro ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks boʻyicha bosh murabbiyi, Buxoro viloyati

    “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

    Aripov Mersaid - Oʻzbekiston Milliy universitetining amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi professori

    Baboyeva Sabira Xasanovna - Guliston tumanidagi 27-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Shadiyev Tursun - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining “YUNESKO” kafedrasi mudiri

    “Mehnat shuhrati” ordeni bilan

    Abdullayeva Zaynabjan Xudaybergenovna - Ellikqalʼa tumanidagi 61-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Abduraimova Zulfiya Xaitovna - Yunusobod tumanidagi 250-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Abduraxmanova Salomat Shukriyevna - Mirzaobod tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-A sinf rahbari, matematika fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Azizov Alixan Sharapovich - Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bosh murabbiyi

    Boranbayeva Saodat Xasanovna - Yashnobod tumanidagi 166-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Gribanova Tatyana Aleksandrovna - Mirobod tumanidagi 158-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

    Gubina Galina Fyodorovna - Zarafshon shahridagi 3-maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Navoiy viloyati

    Zaynutdinova Muynisxon Ismoilovna - Chust tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

    Kamalova Dilarom Tuvalovna - Jomboy tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

    Krasnolobova Nataliya Rafaelovna - Nurafshon shahridagi 57-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    Mavlonov Oqiljon Taxirovich - Oʻzbekiston tumanidagi 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Mamajonova Inoyatxon Axmadjonovna - Buloqboshi tumanidagi 14-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

    Mirzamova Mavsuda Abdukaxxarovna - Namangan shahridagi 82-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Namangan viloyati

    Mokrova Lyudmila Fedorovna - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi fortepiano oʻqituvchisi

    Raximov Hoshim Temirovich - Gʻijduvon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

    Salidjanova Anjelika Anvarovna - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 208-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Sanayeva Raxima Amirqulovna - Samarqand shahridagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

    Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich - Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri

    Uzakov Karim Ergashovich - Gʻuzor tumanidagi 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Fozilov Nishonboy Arabovich - Zomin tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan ayollar uchun internat uyi direktori, Jizzax viloyati

    Xayitova Gulbiniso Ochildiyevna - Jarqoʻrgʻon tumanidagi 12-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Shamsutdinova Optobxon Maksudaliyevna - Mehnat faxriysi, Fargʻona viloyati

    Shaumarova Muxaya - Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining qishloq xoʻjalik mashinalari kafedrasi professori

    Yuldasheva Ravza Tajiddinovna - Olmaliq shahridagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

    Jummayev Tursunmurod Rajabovich - Muzrabot tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Yosh tabiatshunoslar” toʻgaragi rahbari, Surxondaryo viloyati

    Kenjayeva Farida Jumayevna - Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyi direktori, Toshkent viloyati

    Muminova Nafisa Gaybullayevna - Mirzaobod tumanidagi 11-maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Sirdaryo viloyati

    Muminova Odinaxon Toshtemirovna - Oltiariq tumanidagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Raupova Dilbar Maxmudovna - Kogon tumanidagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 5-V sinf rahbari, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

    Redjapova Donaxon Xolqoʻchqarovna - Andijon shahridagi Bolalar shaharchasi tarbiyachisi, Andijon viloyati

    Tillayeva Feruza Raximovna - Bogʻot tumanidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

    Tokareva Irina Aleksandrovna - Yunusobod tumanidagi 259-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

    Usarova Santalat Utayevna - Mirzachoʻl tumanidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

    Usmanova Muyassar Jurayevna - Koson tumanidagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Xusenova Zamira Nosirovna - Yashnobod tumanidagi 244-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Yakubova Gulchexra Uktamovna - Samarqand shahridagi 1-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Samarqand viloyati

    Yangiboyeva Yulduz Abdirahmatovna - Yakkabogʻ tumanidagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati

    “Doʻstlik” ordeni bilan

    Abdullayeva Gulnora Tulanovna - Fargʻona shahridagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Fargʻona viloyati

    Adizova Dilorom Oblokulovna - Nurota tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

    Alimuxamedova Magmura Malikovna - Mehnat faxriysi, kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Baxranova Zoya Anatolevna - Zarafshon shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, Navoiy viloyati

    Boboyev Axmedjon Boyevich - Sariosiyo tumani xalq taʼlimi boʻlimi bosh metodisti, Surxondaryo viloyati

    Borisova Irina Leonidovna - Mirobod tumanidagi 83-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Botirov Nizomidin - Oqqoʻrgʻon tumanidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent viloyati

    Gadayeva Manzura Urunovna - Kogon shahridagi 17-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

    Gadoyeva Musallam Nuriddinovna - Uzun tumanidagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6-A sinf rahbari, adabiyot fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Gladkova Lyubov Yefimovna - Yangiyoʻl shahridagi 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    Gʻoyibova Dilbar Joʻraqulovna - Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorakoʻl akademik litseyi biologiya fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

    Djumanova Ramiza Xayrullayevna - Nukus shahridagi Prezident maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Yeleushinova Saltanat Dauirxanovna - Konimex tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

    Jabbarova Xadicha Sadikovna - Shoʻrchi tumanidagi 68-aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining tarix fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Zvonova Yelena Yurevna - Muborak tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Ziyatdinova Genara Mitxatovna - “Elite Education Alternativa Sehriyo” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Toshkent shahri

    Zufarov Rustam Axmedovich - Toshkent davlat yuridik universitetining jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori

    Ibragimov Anatoliy Kasimovich - Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining erkin kurash boʻyicha murabbiyi

    Ismatullayev Patxulla Raxmatovich - Toshkent davlat texnika universitetining metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kafedrasi professori

    Kuranbekov Axmatkul - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining eron-afgʻon filologiyasi kafedrasi professori

    Mirzayeva Muazamxon Ashuraliyevna - Fargʻona tumanidagi 47-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 7-A sinf rahbari, nemis tili fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Ortikov Isroiljon Sobirovich - Paxtaobod tumanidagi 32-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining kimyo fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

    Rabbimova Xulkar Rabbimovna - Oqdaryo tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

    Razakov Batirbay Tursinbayevich - Xoʻjayli tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Raimqulova Shoira Maxmatkulovna - Boyovut tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Reymov Axmed Mambetkarimovich - Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Sarimsaqova Gulzoda Matlabovna - Forish tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining nemis tili fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

    Tojiyev Gʻulomjon Axmedovich - Hazorasp tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

    Toshkulov Abdukodir Xamidovich - Termiz davlat universiteti rektori, Surxondaryo viloyati

    Usmanov Abdulxay Patxiddinovich - Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

    Usmonova Dilbarxon Ismonovna - Yozyovon tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Usnatdinova Jumagul Sharapovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

    Yuldashev Saydali Aripovich - Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining shaxmat boʻyicha murabbiyi

    Yuldashev Urishbay - Jizzax politexnika institutining elektroenergetika kafedrasi professori, Jizzax viloyati

    Yusupov Abdurashid Samadovich - Namangan tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

    “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

    Abdijamilova Turganbike Sarsenbayevna - Qoʻngʻirot tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Abduvaliyev Andrey Xakimovich - Yengil atletika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori

    Azizova Raxbarxon Muxiddinovna - Qiziltepa tumanidagi 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

    Axmedov Saloxiddin Muxtarovich - Buloqboshi tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Andijon viloyati

    Bakirov Poyan Uralovich - Termiz davlat universitetining rus filologiyasi fakulteti dekani, Surxondaryo viloyati

    Begmatov Ismoiljon Abdullayevich - Kosonsoy tumanidagi 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

    Bektemirov Xamro Solayevich - Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

    Vaxobov Azimjon Abdumutalovich - Uchqoʻrgʻon tumani hokimi, Namangan viloyati

    Davlatova Marxabo Komilovna - Xiva shahridagi Prezident maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

    Jurayev Shuxrat Nurullayevich - Samarqand shahridagi “Samarqand koʻzmunchogʻi” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi direktori, Samarqand viloyati

    Ibodullayeva Dilorom Murodullayevna - Tayloq tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-A sinf rahbari, biologiya fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

    Kadirova Fatima Rashidovna - Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professori

    Karabayev Mamatxan Sadirovich - Geologiya fanlari universitetining foydali qazilma konlarini izlash va qidirish kafedrasi mudiri

    Kuchkarov Shakir Uskanovich - Boʻstonliq tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    Kuchkarova Kamila Mirojidinovna - Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Qodirov Azizjon Murtazoyevich - Xatirchi tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-B sinf rahbari, kimyo fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

    Latipov Farhod Qurbonovich - Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

    Mamadaliyeva Moxiraxon Yigitaliyevna - Uchkoʻprik tumanidagi 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabining texnologiya fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Mirzayev Farxad Kambarovich - Yangiyoʻl shahar hokimi, Toshkent viloyati

    Mirzayeva Umidaxon Inamovna - Xoʻjaobod tumanidagi zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchisi, Andijon viloyati

    Navruzov Firdavs Shavkatovich - Buxoro shahridagi “The Knowledge Academy” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Buxoro viloyati

    Nematova Sapura Mustafaqulovna - Baxmal tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 7-A sinf rahbari, oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

    Niyozov Xolmirza Uzganovich - Oltiariq tumani hokimi, Fargʻona viloyati

    Ochilov Erkin Shukurovich - Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

    Pardayev Turgun Xaliyarovich - Angor tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Rajabov Barna Jurakulovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi

    Rajapov Voxobjon Turajanovich - Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

    Rozikova Maxliyo Azamatovna - Mirobod tumanidagi 213-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Sadiqova Shoira Ibraximovna - Chilonzor tumanidagi 202-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Uzokova Oliya Kadirovna - Qarshi shahridagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati

    Xalilova Zilola Uralovna - Sardoba tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Xamdamova Nigoraxon Mamadaliyevna - Yunusobod tumanidagi 98-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-B sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Yusupova Xilola Karimjanovna - Namangan viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

    Yangibayev Baxadir - Shumanay tumani hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    “Shuhrat” medali bilan

    Abdullayeva Raʼno Numanovna - Andijon shahridagi 35-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4-B sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi,
    Andijon viloyati

    Azizova Nodira Kudratullayevna - Yakkasaroy tumanidagi 144-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Allamova Nazakat Azadovna - Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining tarix fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

    Almardanova Xadicha Sattarovna - Shoʻrchi tumanidagi “Happy Kids” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Surxondaryo viloyati

    Anarkulova Barno Raxmatovna - Yangiyoʻl shahridagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-B sinf rahbari, texnologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    Aralova Ikbol Akmalovna - Dehqonobod tumanidagi 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 7-A sinf rahbari, rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Atayev Radjab Raximovich - Buxoro tumanidagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

    Atajanov Sarvar Sultanbayevich - Urganch shahridagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-A sinf rahbari, milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari fani oʻqituvchisi,
    Xorazm viloyati

    Axmedov Baxodir Bobomurodovich - Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi toifali lektori

    Badalova Nargiza Dadoyevna - Oqoltin tumanidagi 8-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Boboyeva Gulasal Jomgʻirovna - Qiziriq tumanidagi 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Boliqulov Asliddin Xoldorovich - Xovos tumanidagi 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

    Gevorkyan Laura Karenovna - Yunusobod tumanidagi 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Gulmatov Baxodir Xabibullayevich - Namangan shahridagi Prezident maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

    Davlatov Abdullajon Abdulamidovich - Chortoq tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-B sinf rahbari, tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari oʻqituvchisi, Namangan viloyati

    Djalalov Temur Asfandiyarovich - Toshkent shahridagi Prezident maktabining fizika fani oʻqituvchisi

    Djurayeva Shoxida Mirzaxmatovna - Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Joʻrayev Farxod Isroilovich - S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyining fizika fani oʻqituvchisi

    Ibodova Mahfuza Namozovna - Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyning biologiya fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

    Islomova Zilolaxon Oʻrinboyevna - Asaka tumanidagi 27-maktabgacha taʼlim muassasasi uslubchi-tarbiyachisi, Andijon viloyati

    Ismatova Nigoraxon Hayitovna - Chiroqchi tumanidagi 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Ismoilova Raʼnoxon Pazildinovna - Bagʻdod tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Karabekov Jurabek Tadjibayevich - Zarbdor tumanidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

    Kim Yekaterina Yakovlevna - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Intellekt” nodavlat taʼlim muassasasining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Krilov Sergey Aleksandrovich - Mirobod tumanidagi 60-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Kuldoshev Xusan Ustayevich - Doʻstlik tumanidagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

    Kutliyeva Iroda Allaberganovna - Urganch tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

    Maradova Bayramgul Nodirovna - Qorovulbozor tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

    Medjitova Elzara Rizayevna - Uchtepa tumanidagi 107-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Muzaffarova Oqila Abdurahmonovna - Jondor tumanidagi “Madina-Mirzo” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Buxoro viloyati

    Murodova Dilfuza Abdiqodirovna - Kasbi tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Musurmanova Nodira Xakimovna - Zomin tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

    Narjigitov Xusanbay - Guliston davlat universitetining matematika kafedrasi dotsenti, Sirdaryo viloyati

    Odilov Kamoliddin Saloxiddinovich - Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

    Ochilova Kamolaxon Maxmudovna - Sergeli tumanidagi 329-umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Raximova Shalolaxon Obitjonovna - Pop tumanidagi 50-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Namangan viloyati

    Raximxodjayeva Nodira Saidaxralovna - Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining yetakchi oʻqituvchisi – Bank va moliya maktabi rahbari

    Raxmanova Adiba Abduraxmonovna - Margʻilon shahridagi “Happy baby” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, Fargʻona viloyati

    Raxmatov Lazizxon Temirxonovich - Samarqand shahridagi “Redbridge schools” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Samarqand viloyati

    Raxmatova Shaxnoza Ismatullayevna - Samarqand shahridagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

    Roʻzmetova Sevara Achilovna - Qoʻshkoʻpir tumanidagi 7-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Xorazm viloyati

    Saburova Goʻzal Kadirberganovna - Beruniy tumanidagi 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 5-A sinf rahbari, tarix fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Sagiyeva Gulayim Abatbayevna - Qonlikoʻl tumanidagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Sadiqova Nafisa Bobanazarovna - Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litseyning kimyo fani oʻqituvchisi

    Samandarova Mayram Abdukayumovna - Bekobod tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    Suyarova Gulbaxor Saydullayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

    Tillaboyeva Gulbaxor Axmadjanovna - Izboskan tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

    Togʻayev Alisher Sheraliyevich - Xatirchi tumanidagi 88-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

    Toshpulatova Guljaxon Abdurafikovna - Samarqand tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

    Toʻychiyeva Barnoxon - Shahrixon tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

    Umarov Alixan Axmadovich - Buxoro neft va gaz sanoati kollejining maxsus fan oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

    Usmanova Dilaram Sharafovna - Fargʻona shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Utenazarova Ziyada Allanazarovna - Nukus shahridagi “Nukus Ziyada Nur” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Xaydarov Dilshod Mamarasulovich - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning kimyo fani oʻqituvchisi

    Xalikulov Ali Buvaliyevich - Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Qoʻqon neft va gaz sanoati texnikumining maxsus fan oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Xamroyeva Zebiniso Xolmamatovna - Boysun tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

    Xasanova Sevara Gʻiyosiddinovna - Chilonzor tumanidagi 217-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

    Xodjayev Anvar Zakirovich - Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ogʻir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri

    Xojabayev Aybek Jumabayevich - Taxiatosh tumanidagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    Xudayberganova Aydin Temirovna - Olmazor tumanidagi 102-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyachisi, Toshkent shahri

    Xoʻjaqulov Behzod Abdusattorovich - Mirobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, Toshkent shahri

    Egamberdiyeva Dilbar Raximberdiyevna - Xonqa tumanidagi 36-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

    Ernazarova Gulnozaxon Raxmatillayevna - Dangʻara tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

    Yuldasheva Nilufar Abduraufovna - Qibray tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

    Yulchibayeva Raʼnoxon Mamatkadirovna - Jalaquduq tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

    Yarasheva Nigora Hazratqulovna - Vobkent tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev