Oʻqituvchilar uchun yana bir tanlov, yana bir imkoniyat

    “Nutqimizda soʻzlar jilosi” shiori ostida tanlov tashkil etilmoqda.

    Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, 5 ta muhim tashabbus doirasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi hamda Respublika isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Nutqimizda soʻzlar jilosi” shiori ostida umumtaʼlim maktablarining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning noyabr oyida tanlov tashkil etilmoqda.

    Tanlov 2-bosqichda oʻtkaziladi:

    1-bosqich: Ijodiy ishlarni qabul qilish – 2020-yilning 1-20-noyabr kunlari;

    2-bosqich: Ijodiy ishlarni ekspertlar guruhi tomonidan koʻrib chiqish – 2020-yilning 20-30-noyabr kunlari etib belgilangan.

    Tanlovda ona tili va adabiyot oʻqituvchilari oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻqitishning zamonaviy yoʻllarini 5 daqiqalik videorolikda koʻrsatib berishlari lozim.

    Ushbu tanlovda har bir hududdan 1 nafardan gʻoliblar aniqlanib, ularga pul mukofotlari va maxsus diplomlar topshiriladi.

    Eslatib oʻtamiz, ishtirok etish uchun videoroliklar 5tashabbus_uymizda telegram botiga yuborilishi lozim.

    Mazkur tanlov nizomi bilan qoʻyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: /uploads/2020/10/nizom-tanlov.doc