Oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida pul mukofoti 250 million soʻmgacha boʻlgan tanlov oʻtkaziladi

    Siyosat 15 Sentabr 2025 677

    Oʻtgan yili muhandislik oliygohlari vakillari bilan boʻlgan uchrashuvda ixtirochilar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tashabbusi ilgari surilgan edi.

    Kuni kecha toʻqqizta yoʻnalishda oʻtkazilgan tanlov gʻoliblariga elektromobil berildi. Ikkinchi oʻrin sohiblari xorijga stajirovkaga yuboriladi, uchinchi oʻrinni egallaganlar esa pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Endi bunday tanlovlar oliy taʼlimning har bir yoʻnalishida, oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida ham oʻtkazilishi belgilandi.

    Gʻoliblarga 250 million soʻmgacha pul mukofoti beriladi.

    Respublika tanlovida eng koʻp gʻoliblari boʻlgan oliygohlarga zamonaviy laboratoriya, ilmiy adabiyotlar va boshqa jihozlar uchun 1 milliard soʻmdan beriladi.