«Shuni inobatga olgan holda Xalq taʼlimi vazirligi barcha hududiy boshqarmalardan onlayn taʼlim olayotgan oʻquvchilarning baholarini sunʼiy ravishda pasaytirilishiga yoʻl qoʻymaslikni qatʼiy talab qiladi.
Maktab oʻqituvchilaridan oʻquvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini baholash jarayonida, ularning taʼlim olayotgan shaklidan qatʼiy nazar oʻquvchi bilimlari, koʻnikma va malakalariga baho haqqoniylik va ishonchlilik tamoyillariga rioya etgan holda baholashni taʼminlash talab etiladi», deyiladi xabarda.