Aniqlanishicha, mazkur maktab direktori tomonidan o‘qituvchilar noqonuniy ravishda obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb qilingan.
Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan MJtKning 51-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanildi. Mazkur moddada BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarima jazosi belgilangan.