O'qituvchilarning 355,3 mln. so'mlik mablag'larini o'zlashtirgan hisobchi aniqlandi

    Mazkur holat yuzasidan X.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Xalq ta'limi bo'limi hisobchisi X.K. tumandagi 27-sonli maktabda muqaddam ishlab ketgan fuqaro M.Q., N.T., O.e.lar va haqiqatda ishlamagan SH.Q.ning nomlariga bank plastik kartasini rasmiylashtirib olib, 2016-2020 yillar davomida jami 355,3 mln. so'm byudjet mablag'lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan X.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.