O‘qituvchisiga qo‘l ko‘targan o‘quvchining ota-onasiga chora ko‘rildi

    Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 29-sonli maktabda 2022 yil 19 sentyabr kuni sodir bo‘lgan noxush voqeani o‘rganish yuzasidan ma’lumot berildi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Kosonsoy tumanidagi 29-sonli maktabda sodir etilgan noxush xolat 19 sentyabr kuni fizika darsida sodir etilgan.

    Fizika fani o‘qituvchisi dars o‘tayotganda o‘quvchi o‘qituvchining dars o‘tishiga xalaqit bergan. Shunda o‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga suxbatlashish uchun topshirgan.

    Bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng o‘quvchi sinf xonasiga qaytib kirgan va videoda aks etgani kabi o‘qituvchiga tashlangan. Sinfdagi boshqa o‘quvchilar ularni ajratishga xarakat qilgan.

    Xolat yuzasidan tuman IIB bo‘limi va tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari maktabda o‘rganish olib borgan va tegishli tartibda o‘quvchining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

    Shuningdek, xalq ta’limi bo‘limi va maktab rahbarlariga o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat va belgilangan tartib qoidalar asosida do‘stona munosabat o‘rnatilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.