Oʻqotar boʻlmagan qurolni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-946-son, 27.08.2024-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha kiritildi.

    Unga koʻra, shaxs oʻzining qonunga xilof egaligida boʻlgan pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish quroli va oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

    Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.