Viloyat hokimi tomonidan hududlarda xonadonma-xonadon o'rganishlar natijasida kelib tushgan murojaatlarga muvofiq, moddiy ko'makka muhtoj, ko'p farzandli, nogironligi bo'lgan shaxslar va yolg'iz qariyalardan iborat 65 nafar fuqaroga 350 million so'mga yaqin mablag' tegishli mas'ullar tomonidan yetkazib berildi.
Pullar fuqarolarning bank plastik kartalariga o'tkazish orqali va naqd ko'rinishda tarqatildi.