Loyiha quvvati 150 MVt, yillik ishlab chiqarish quvvati esa 648 ming kVt. Zamonaviy, yuqori samarador gidroagregatlar oʻrnatilib, inson omilisiz toʻliq avtomatlashtirilgan tizim orqali ishlaydi.
Asosiy suv manbasi Margunenkko kanali boʻlib, kanalning suv sathi kamaysa ham GES ning ishlash imkoniyati mavjud. Loyiha joriy yilning 1-mart kuniga qadar ishga tushishi reja qilingan. Natijada hududdagi 672 ta xonadon uzluksiz, ekologik toza elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.