Oqqoʻrgʻon tumanidagi holat nazoratga olingan — IIBB

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqoʻrgʻon tumanidagi suvga hayvon suyaklari tashlab ketilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

    IIBB maʼlum qilishicha, voqea tumanning "Qoʻrgʻontepa" MFY hududida sodir boʻlgan. Oqqoʻrgʻon tumanida suvga hayvon suyaklari tashlab ketilayotganligi Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan.

    Avvalroq 3 nafar shaxs shu ishda gumondor sifatida jalb qilingan va tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.

    Hozirda IIBB Karantin tadbirlarini tashkil qilish boʻlinmasi xodimlari tomonidan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan Oqqoʻrgʻon tumanida aniqlanib Ohangaronda fosh etilgan mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv va hududni dezinfeksiyalash ishlari olib borilmoqda, — deyiladi xabarda.