баннер
26 Apr 2025
16:11

    Oqqoʻrgʻonda “Orom” dam olish majmui qurilishi boshlandi

    Maskan tumanning tashrif qog‘oziga aylantirilishi koʻzda tutilmoqda.

    2024-yilning 19-iyulida Vazirlar Mahkamasining “2024-2025-yillarda Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingandi. Mazkur qaror asosida, Oqqoʻrgʻon tumanining “Birlik” MFYda “Orom” dam olish maskanini barpo etish nazarda tutilgan edi.

    Ayni paytda ushbu hududda rekonstruksiya qilish boʻyicha demontaj ishlari boshlab yuborildi, deya xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.

    Qayd etilishicha, umumiy 15,9 gektar maydonda qurilishi reja qilingan mazkur dam olish maskani hududida, 10,7 gektar joyga suzish havzasi, xizmat koʻrsatish va oilaviy dam olish obyektlari, attraksionlar, bolalar shaharchalari, ayrim tarixiy obyektlarning mini-maketlari, yashil maydonlar, piyodalar yoʻlaklarini barpo etish, xizmat koʻrsatish va oilaviy dam olish obyektlari, favvoralar barpo etish koʻzda tutilgan.

    Bu orqali aholining boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun yetarli shart-sharoit yaratiladi.

    12 milliard soʻm homiylik hamda tadbirkorlarning mablagʻlari evaziga bunyod etilayotgan maskan tumanga kirish sarhadi boʻlgani bois oʻziga xos tashrif qogʻoziga aylantiriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech