Oqsoqollar Kengashi aʼzolari chempionlarimizni tabrikladi

    Mamlakatimizda 10 Avgust 2022 2124

    Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar Kengashi aʼzolari 44-Shaxmat olimpiadasida gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik yoshlarni tarixiy gʻalaba bilan muborakbod etdi.

    Jumladan, Kengash aʼzolari ushbu olamshumul gʻalaba bilan butun Oʻzbekiston xalqiga tabrik izhor etib, bu tarixiy gʻalaba nafaqat Oʻzbekistonning balki turkiy xalqlarning gʻalabasi ekanligini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

    Yoshlarimiz tomonidan koʻrsatilgan ushbu natija muhtaram Prezidentimizning shaxmatga eʼtibori va gʻamxoʻrligi natijasi, albatta.

    Oʻzbekiston xalqini ushbu gʻalaba bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz.

    Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov va Nodirbek Yakubboyev Yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yozayotgan qahramon yoshlarimizdir.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.