Oqtov shahrida sodir bo'lgan portlashda o'zbekistonliklar jabrlanganmi?

    Tashvishli xabar 8 Noyabr 2021 636

    Kecha tunda Qozog'istonning Oqtov shahridagi kichik tumanlardan birida yuz bergan kuchli portlash oqibatida «SHerqal'a» majmuasi vayron bo'lgan.

    O'zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi 8 noyabr` ertalabgi holatga ko'ra ushbu hodisa natijasida vafot etgan yoki jabrlanganlar yo'qligini ma'lum qildi. SHu jumladan, mazkur hodisadan mamlakatimiz fuqarolari ham jabrlanmagan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri

    Hozir Mang'istau viloyati hokimligining tegishli xizmatlari buzilgan ob'ektni tozalash choralarini ko'rmoqda.