Oʻquvchi oʻqituvchiga qoʻl koʻtardi. Hozirda har ikkalasi ham shifoxonaga yotqizilgan

    Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahridagi maktablarning birida direktor oʻrinbosarining koʻziga yuqori sinf oʻquvchisi musht tushirgani, biroq chora koʻrilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Holat yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

    Xabarda aytilishicha, 2024-yil 19-fevral kuni soat 10:45 lar atrofida Shahrisabz shahar 1-sonli maktabda, maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Ш.К. dars vaqtida oʻquvchilar darsga kirmasdan qor oʻynayotganda ularni sinfxonaga kirgizmoqchi boʻlgan.

    Shu paytda 10-“F“ sinf oʻquvchisi Ж.Б. Ш.К.га qarshilik koʻrsatgan. Shundan soʻng Ш.К. oʻquvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va Ж.Б.ни urgan, shunda oʻquvchi ham direktor oʻrinbosarining yuz qismiga musht tushirgan.

    Hozirgi kunda oʻquvchi va oʻqituvchi shifoxonaga yotqizilgan. Shahrisabz shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.