«Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan oʻquvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini oʻqitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.
Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni oʻqitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega boʻlgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir boʻladi.
Taʼlim sohasiga masʼul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab oʻquvchilariga oʻqitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga oʻrin yoʻqligini maʼlum qilaman. Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni oʻqitishni amaliyot bilan bogʻlash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor eʼtiborimizni qaratishimiz zarur», — deyiladi munosabatda.