Maktabni koʻzdan kechirarkan, u yerda eng birlamchi sharoitlar ham yoʻqligi, kommunikatsiya, maktab jihozlari, hattoki oʻquvchilar uchun joy yetarli emasligini koʻrish ogʻriqli boʻlganini taʼkidlaydi.
“Maktablarga ehtiyoj muntazam ravishda oshyapti. Tugʻilishlar soni yildan yilga koʻpligi uchun ham baʼzi maktablarda bitta sinfda 40 tagacha oʻquvchi oʻtirgani ham bor gap. Hali yana koʻplab oʻquv oʻrinlari barpo etilishi kerak. Bu ogʻir jarayon. Lekin bu muammolarni hal etmaslikning iloji yoʻq, oʻquvchilarga sharoit yaratmasdan turib, taʼlim sifati haqida gapirish befoyda” deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
U tez orada ushbu maktabni taʼmirlash va qayta jihozlash ishlari boshlanishini maʼlum qildi. “Bu ishlar kimdir kelgani uchun emas, tizimli yoʻlga qoʻyilishi va har kuni davom ettirilishi” tarafdori.
“Toki eng chekka qishloq maktablarida ham eng kamida zarur sharoit boʻlsin. Ana shundagina biz koʻzlagan maqsadimiz — sifatli taʼlimga erisha olamiz” deb yozadi Saida Mirziyoyeva.








