Oʻquvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Milliy gvardiya va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorlik qiladi

    Ta'lim 27 Avgust 2024 426

    “Harbiy-vatanparvarlik” va “Yosh gvardiyachilar” sinflari mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari bilan oʻquv yigʻini tashkil etildi.

    Milliy gvardiya markaziy devonida “Harbiy-vatanparvarlik” va “Yosh gvardiyachilar” sinflari mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari bilan Milliy gvardiyaning Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston respublikasi, Fargʻona va Jizzax viloyatlaridagi mintaqaviy oʻquv markazlarida oʻtkazilayotgan oʻquv yigʻinining boshlanishi munosabati bilan onlayn konferens aloqa tarzida video selektor oʻtkazildi.

    Tadbirda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari F.Boqiyevlar ishtirok etib, oʻquv yigʻini ishtirokchilariga yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan zamonaviy metodlar bilan tanishtirdi. Jumladan, yangi oʻquv yilida oʻquvchilar uchun tashkil etiladigan vatanparvarlik tadbirlari har bir oyga berilgan nomga mos ravishda oʻtkaziladi.

    Boʻlib oʻtadigan oʻquv yigʻini davomida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari bilan Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan masofadan on-layn mashgʻulotlar va asosan amaliy mashgʻulotlar tashkillashtirilishi taʼkidlandi, deb xabar beradi Milliy gvardiya matbuot xizmati.