Oʻquvchilarning uzogʻi yaqin boʻldi

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi Sanobar Xoʻjamurotovaga «Ayoqchi« MFYda yashovchi aholi tomonidan Salomatlik koʻchasiga SHPS aralashmasini yotqizish masalasida murojaat kelib tushgan edi.

    Holatni borib oʻrgangan deputat foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolgan “Salomatlik” koʻchasiga SHPS aralashmasi yotqizish masalasida masʼul idoralarga murojaat qilgan.

    Deputat va masʼul idoralar hamkorligida koʻchaga SHPS aralashmasi yotqizildi.

    Aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, bu yoʻlning taʼmirlanishi mahalla uchun juda muhim boʻlgan. Sababi, bungacha hududdagi oʻquvchilar yogʻingarchilik mavsumida maktabga borish uchun aylanma yoʻllardan foydalangan.

    Kunning ikkinchi qismida oʻqiydigan oʻquvchilar uyga qorongʻuda qaytishiga toʻgʻri kelgan. Natijada kechki paytlari ota-onalar farzandlaridan xavotir olib koʻchaga chiqib oʻtirishgan. Yoʻlning taʼmirlanishi natijasida masofa 1,5 kmga qisqargan.

    Bu xayrli ish oʻquvchilarning uzogʻini yaqin qilib, ota-onalar koʻngliga xotirjamlik olib keldi.