Ota-onalar oʼz xohishiga koʼra oʼquv yilida yoki u tugaganidan soʼng farzandini bir maktabdan boshqasiga oʼtkazish huquqiga ega.

Buning tartibi quyidagicha:

Bir maktabdan boshqasiga oʼtkazish uchun uning sabablarini koʼrsatib maktab direktori nomiga ariza beriladi.

Аriza 1 ish kunida koʼrib chiqiladi va oʼqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun maktabdan ketish taloni beriladi.

Ota-onalar farzandi oʼqishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab direktoriga ariza beradi. Аrizaga maktabdan ketish taloni ilova qilinadi.

Oʼqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va talonni qabul qilgach, shu kunning oʼzida ota-onalarga oʼquvchi taʼlim olayotgan maktabga taqdim etish maktabga kelish talonini beradi.

Oʼquvchi oʼqiyotgan maktab direktori maktabga kelish talonini olgach, shu kunning oʼzida oʼquvchini maktab oʼquvchilari safidan chiqarish toʼgʼrisida buyruq qabul qiladi. 

Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʼgʼrisida imzo qoʼydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʼgʼrisida tilxat oladi:

-  oʼquvchining maktab oʼquvchilari safidan chiqarilganligi toʼgʼrisidagi buyruqdan koʼchirma;

- oʼquvchining baholar (oʼzlashtirish) tabeli;

- oʼquvchining tibbiy kartasi.

Oʼqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori boshqa maktabdan oʼtkazilayotgan oʼquvchining oʼquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʼrishi shart.