Orban G'arb sivilizatsiyasining hukmronligi tuganini aytdi

    Qariyb 500 yil davom etgan G'arb hukmronligi davri nihoyat tugadi. Yevroosiyo asri allaqachon boshlangan va tez orada iqtisodiyotning markazi Sharqqa siljiydi.

    Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Budapeshtdagi chiqishi chog'ida aytib o'tdi.

    “G'arb sivilizatsiyasining besh yuz yillik hukmronligi tugadi... G'arb dunyosida liberal progressiv hukmronlik tugadi. Butun dunyo G'arb modeli bo'yicha tashkil etilishi va buning uchun tanlangan xalqlar iqtisodiy va moliyaviy manfaatlar evaziga bunga tayyor bo'ladi, degan g'oya barbod bo'ldi”, deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi venger siyosatchisi.

    Uning so'zlariga ko'ra, “hozirda G'arbga qaraganda to'rt baravar tez rivojlanayotgan Osiyo davlatlari iqtisodiyotining o'sishi” va xalqaro munosabatlardagi siyosiy mavqega ega bo'layotgani Yevroosiyoning G'arbga qaraganda yuksaklikka erishishining zaruriy shartiga aylanmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.