Orban Vengriya Shvetsiyaning NATOga a'zoligini qachon ratifikatsiya qila olishini ma'lum qildi

    Vengriya parlamenti bahorgi sessiya boshida Shvetsiyaning NATO a'zoligini ratifikatsiya qilishi uchun Budapesht va Stokgolm o'rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga yaqin turibdi, dedi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban.

    Vengriya parlamentining bahorgi sessiyasining birinchi yig'ilishi 26-fevral kuni bo'lib o'tadi, deb xabar beradi ria.ru.

    “Yaxshi xabar shuki, Shvetsiya bilan davom etayotgan bahsimiz nihoyasiga etmoqda. Shvetsiya Bosh vaziri bilan men ishonchni tiklash uchun muhim qadamlar qo'ydik. Parlamentning bahorgi sessiyasi boshida Shvetsiyaning NATOga qo'shilishini ratifikatsiya qilish tomon harakat qilmoqdamiz”, dedi Orban M1 telekanali orqali uzatilgan 2024-yilga mo'ljallangan rejalar haqidagi nutqida.