“Eng qiyin vaziyat mintaqaning sharqiy va markaziy qismida saqlanib qolmoqda. Ural daryosida suv sathi ko'tarilishda davom etmoqda”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bir necha kundan buyon qutqaruvchilar yo'l xizmatlari bilan birgalikda to'g'onni mustahkamlash ishlarini olib borayotgani ma'lum qilindi.

Viloyatdagi tabiiy ofat zonasida 4 mingdan ortiq mutaxassis va 848 dona texnika ishlamoqda, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Uylari suv bosishi mumkin bo'lgan hududda joylashgan aholidan suv kelishini kutmaslik va o'z vaqtida xavfsiz joyga joylashish so'raldi, deb xabar beradi mir24.tv.