Rossiyalik parhezshunos Inna Kononenkoning maʼlum qilishicha, shaftoli va oʻriklarni diabet bilan kasallangan, shuningdek, oshqozon kislotasi yuqori hamda ortiqcha vaznli odamlar isteʼmol qilmasligi kerak.
Uning taʼkidlashicha, bu mevalar odamni semirtirmaydi, ammo baʼzi surunkali kasalliklarni kuchaytirishi mumkin.
Oʻrik va shaftolining foydali xususiyatlari ham yaxshigina. Parhezshunosning qayd etishicha, ular saraton kasalligiga qarshi kurashda yordam beradi, qon bosimini normallashtiradi va qon tomirlari devorlarini yaxshi holatda saqlaydi.