“Oʻrikzor” bozori faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

    Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻrikzor “Stroy gorod” qurilish bozori oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasidan uzilgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

    Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maʼlum qilishicha, aslida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan, “OZIQ-OVQAT STANDART KARTON” MCHJga qarashli savdo binolari va xonalarida aniqlangan yongʻin xavfsizligi boʻyicha kamchiliklar va qonun buzilishlari toʻliq bartaraf etilgunga qadar ish faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilgan.

    «Hurmatli fuqarolar har qanday asossiz xabarlarga ishonmang, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari
    tomonidan, noqonuniy korrupsion holatlarga guvoh boʻlsangiz Oʻzbekiston Respublikasi FVV 1101 ishonch telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilib xabar bering, xabar bergan barcha fuqarolarning shaxsi sir saqlanishiga kafolat beriladi,«. deyiladi munosabatda