Oʻrikzor savdo kompleksi buzilishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Ijtimoiy hayot 15 Iyul 2025 568

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻrikzor savdo kompleksi buzib tashlanishi haqida xabarlar tarqalib jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi. Poytaxt hokimligi ushbu xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.

    Unda keltirilishicha, “Oʻrikzor savdo kompleksi“ MCHJ hech qanday qurilish yoki qayta qurish ishlari munosabati bilan yopilmaydi. Majmua hududidagi barcha obyektlar belgilangan ish tartibida (haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda.

    Uning tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, — deyiladi poytaxt hokimligining munosabatida.