баннер
21 Apr 2025
20:07

    Oʻrindoshlarga “dekret puli” berilmaydimi?

    Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandida oʻrindoshlar oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari olish huquqiga egadir.

    Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandida nafaqalar oʻrindoshlik asosidagi (shu jumladan, ichki oʻrindoshlik asosidagi) ish joyi boʻyicha ham alohida toʻlanadi, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.

    Nizomning 19-bandida esa, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanishi belgilangan.

    Maʼlumot uchun: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49(3)-moddasiga asosan Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

    Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech