Bu haqda AQSh fuqaro aviatsiyasi ma'muriyati (FAA) ma'lumotlariga tayanib, Fox35 mintaqaviy telekanali xabar berdi.
FAA ma'lumotlariga ko'ra, Airbus A330 dushanba kuni ertalab Atlantaga uchishga tayyorlanayotgan edi, bortida 200 nafar yo'lovchi, 10 nafar bort kuzatuvchisi va ikki uchuvchi bor edi. Samolyot harakatlana boshlaganida dvigatellardan birining tutun quvuridan alanga chiqqani ko'rindi.
E'lon qilingan videorolikda qutqaruvchilar yong'inni o'chirishga urinayotgan vaqtda yo'lovchilar halokat taraplari orqali samolyotni tark etayotganini ko'rish mumkin.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi report.az.