Oʻrmon fondining foydalanilayotgan yoki foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berish huquqi auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda qoʻshimcha kiritilishicha, ushbu yerlar jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki DXSH asosida 3 yildan kam boʻlmagan va 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Endi oʻrmon fondi yerlarining ijara shartnomalari qabul qilingan namunaviy shartnomaga muvofiq tuziladi.
Ijara toʻlovining stavkasi oʻrmon fondi uchastkasining 1 gektari uchun 10 bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etadi (ilgari – eng kam stavka 20 bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etgan).
Ijara toʻlovidan tushadigan mablagʻlarning alohida hisobi yuritiladi hamda ular oʻrmonzorlar barpo etish tadbirlariga yoʻnaltiriladi.
Qaror 29.09.2020-yildagi “Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq qabul qilingan.