Samarqand tumanidagi Gulbogʻ mahallasida yashovchi keksa avlod vakillarining aytishicha, 1900-yillarda mahallaning 5 gektarli yer maydoniga Rossiya davlatidan “Oʻrmon malikasi” navli nok koʻchatlari keltirib ekilgan.

Hozirda ushbu bogʻning 2 gektar yer maydonida 110 tup 100 yosh va undan katta boʻlgan nok daraxtlari saqlab qolingan. Qolgan 3 gektar yer maydonga qaytadan shu turdagi 1200 tup nok koʻchatlari ekilgan.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari mahallaga borib, bogʻni oʻrganishgach, 110 tup “Oʻrmon malikasi” navli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomini berish boʻyicha xulosa taqdim qilishdi.