“Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi

    Mamlakatimizda 13 Iyul 2020 4113

    “Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tuman hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida Hukumat qarori (438-son, 11.06.2020 yil) qabul qilindi.

    Unga ko'ra:

    Mo'ynoq tumanida artemiya tsistasini ovlash va qayta ishlar tarmog'ini takomillashtirish hamda yuqori sifatli artemiya tsistasi mahsulotlari eksporti hajmini yanada oshirish maqsadida tuman hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” DUK tashkil etiladi.

    Uning asosiy vazifalari:

    • Orol dengizidagi artemiya tsistasi resurslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oqilona foydalanish;
    • Artemiya tsistasini ovlash va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ushbu sohada ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport faoliyatini yuritish;
    • Artemiya tsistasining tabiiy o'sish maydonlaridan oqilona foydalangan holda ularni ovlash va qayta ishlash hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
    • Artemiya tsistasini ovlash hamda uni qayta ishlash bo'yicha yangi quvvatlarni tashkil etishda ilg'or texnologiyalarni joriy etish.

    Mazkur me'yoriy hujjatga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi “Orol artemiya sanoat” DUKning muassisi hisoblanadi.

    SHuningdek, ushbu qaror bilan “Orol artemiya sanoat” DUKning tuzilmasi ham tasdiqlandi.

    “Orol artemiya sanoat” DUKning ustavi esa bir oy muddatda ishlab chiqiladi.