Qarorga koʻra, 2025-yildan har 18 oyda – bahor yoki kuz fasllarida Orol madaniyat sammiti oʻtkazib boriladi.
Birinchi Orol madaniyat sammiti Samarqand iqlim forumi bilan uygʻun holda 2025-yil 4–6-aprel kunlari Samarqand va Nukus shaharlarida yuqori saviyada tashkil etiladi.
Orolboʻyida va dunyoning boshqa mintaqalarida yuzaga kelgan ekologik muammolarni muhokama qilish hamda oqilona yechimlarni taqdim etish uchun global platforma yaratish Sammitning asosiy maqsad va yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuzildi.
Maʼlumot uchun: BMTning 2023-yil 22–24-mart kunlari Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan suv resurslariga bagʻishlangan konferensiyasida Oʻzbekiston tomonidan Orol madaniyat sammiti loyihasini amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgan.