Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, ularning tashrifi Orolboʻyi mintaqasida 500 ga yaqin bemorlarga bepul diagnostika va davolash xizmatlarini koʻrsatish, aholining sogʻligini mustahkamlash va tibbiy yordamni kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu insonparvarlik missiyasi fuqarolarimizga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Barcha ishlar yuqori tashkiliy va tibbiy darajada olib boriladi.