Oropush bezgagi: JSST ushbu xavfli virus sayyohlar orqali keng tarqalishi mumkinligidan xavotirda

    Keyingi oylarda jahon matbuotida Oropush bezgagi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat boʻyicha xabarlar tarqaldi. Hatto iyul oyi soʻngida bu tropik kasallikdan Braziliyada ikki ayol vafot etgani maʼlum qilindi.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti esa mazkur xavfli infeksiya aholi va sayyohlar oʻrtasida keng tarqalishi hamda koʻplab noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.

    Chunki xastalik oʻchoqlari odatda Markaziy va Janubiy Amerika mintaqalarida aniqlanayotgandi. Ammo bu yil u Kuba, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlar boʻylab ham yoyildi.

    Oropush bezgagi — Zika va Denge isititmalari singari kasalliklar oilasiga mansub virus. U infeksiya tashuvchi chivinlar chaqishi orqali yuqadi.