Bu haqida O'rta Chirchiq tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hokim yordamchilari tumandagi masalalarini “mahallabay” tizim asosida o'rganib, ularni tezkor hal etishida planshetlar qulayliklar yaratadi. Undan tezkor ma'lumotlar olish, ishsizlar ro'yxatini shakllantirish va boshqa ko'plab maqsadlarda foydalanish mumkin.
Shuningdek, tadbir doirasida I.Qosimov yig'ilganlarga doimiy ravishda korruptsiya illatiga qarshi kurashish hamda fuqarolar bilan muomala madaniyatiga rioya qilgan holda so'zlashish lozimligini unutmaslik xususida tavsiyalar berib o'tdi.