O'rta Chirchiq tumanida yangi masjid foydalanishga topshirildi

    Bugun peshin namozi vaqtida O'rta Chirchiq tumanidagi “Usmon ota” MFYda yangi qurib bitkazilgan, 1400 kishilik “Usmon ota” jome-masjidining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

    Masjidning ochilish marosimida O'zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasur Raupov, tuman hokimligining mutasaddilari hamda jamoat ahli ishtirok etdi.

    Tadbirda Muftiy hazratlari Nuriddin domla Holiqnazarov Allohga hamd aytib, yangi masjid bilan yig'ilganlarni muborakbod etdi.

    Peshin namozi vaqtida masjidda ilk jamoat namozi o'qildi. Nozu-ne'matlar bilan bezatilgan dasturxon atrofiga yig'ilganlar yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, diniy va dunyoviy tomonlama amalga oshirilayotgan xayrli ishlar bardavom bo'lishini tilab, ezgu niyatlar bildirdilar.

    O'rta Chirchiq tumani hokimligi

    Axborot xizmati