Oʻrta Chirchiqda noqonuniy baliq ovlayotganlar ushlandi

    Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi Tuyaboʻgʻiz suv omborida Ekologiya vazirligi davlat ekologik nazorat inspeksiyasi inspektorlari va “Golden Fish Group” MCHJ qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 2 nafar fuqaro — A.N. va S.N. tomonidan leskali toʻrlar yordamida baliq ovlanayotganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 90-moddasi 4-qismiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish maqsadida sud organlariga yuboriladi.

    Bundan tashqari, reyd davomida uzunligi 4000 ming metrdan ziyod egasiz leskali toʻrlar yigʻib olindi.