Hududlarda tashkil etilayotgan investitsion loyihalar ishsiz bo'lgan aholi qatlamini doimiy mehnat faoliyati bilan shug'ullanishini ta'minlamoqda. SHu bilan bir qatorda yurtimizda tadbirkorlikka keng yo'l ochib berilishi, qulay investitsion muhit yaratilishi natijasida yangi ish o'rinlari tashkil etilyapti.
Ana shunday yirik loyihalardan biri – O'rta CHirchiq tumanidagi “Farovon hayot kaliti” mas'uliyati cheklangan jamiyatining zamonaviy issiqxonasi bo'lib, yil davomida etishtirilgan sabzavot mahsulotlari xorijga eksport qilinmoqda.
Issiqxonada joriy yil boshidan boshlab salkam 200 tonna, ya'ni umumiy qiymati 337300 AQSH dollari miqdoridagi pomidor Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi. SHuningdek, joriy yil iyun` oyining oxirlariga qadar eksport qilinayotgan mahsulotlarni 400 tonnaga etkazish rejalashtirilmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, korxona loyiha tashabbuskori va bank krediti mablag'lari asosida bunyod etilgan bo'lib, hozir bu erda 22 nafar xotin-qizlar ish bilan ta'minlangan. Ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.