Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻrtachirchiq tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazildi. Tekshiruvlarda “N-M.” va “T.N.” xususiy korxonalarini norasmiy boshqarib kelgan U.B. va boshqalar hududiy tijorat banki mutasaddilari bilan oʻzaro til biriktirib, “E.M.” MCHJga tegishli binolar yertoʻlasining har birini bozor bahosi 1,5 mlrd va 1,9 mlrd soʻmni tashkil etishi haqida soxta baholash xulosalarini tayyorlashib, bank filialidan ajratilgan jami 2 mlrd soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.