Oʻrta Chirchiq tumanida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi

    Ta'lim 16 Noyabr 2020 5388

    Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tuman xalq taʼlimi tasarrufidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi informatika va axborot texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi deb belgilandi.

    Ushbu maktabga “COSCOM” MCHJ va Xitoy Respublikasining Oʻzbekistondagi “ZTE” kompaniyasi bilan hamkorlikda jahon standartlariga javob beradigan turniket oʻrnatilgan boʻlib, unda shaxsni identifikatsiya qilish, oʻquvchilar davomatini aniqlash, tana haroratini oʻlchash va karantin talablarini eslatib turuvchi funksiyasi mavjud.

    Undan tashqari faollar zali, 4 ta kompyuter xonasi, elektron kutubxonani kapital taʼmirdan chiqarib, 2 ta proyektor, shtativ ekran, 47 ta zamonaviy kompyuter qurilmalari, 1 elektron doska, koʻrgazmali stendlar va mebel jihozlari bilan taʼminlandi.

    Shu bilan birga mazkur maktab Axborot va kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan 42 dona zamonaviy kompyuter qurilmalari, 1 ta elektron doska, 2 ta proyektor va mebel jihozlari bilan taʼminlandi.