Mamlakatimiz milliy terma jamoasi FIFA kunlarida Saudiya Arabistonida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazadi va yigʻin kunlari Janubiy Amerika jamoalari – Boliviya (24-mart) hamda Venesuela (28-mart)ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazadi.

Bosh murabbiy Srechko Katanes ushbu oʻyinlarda ishtirok etadigan tarkibni eʼlon qildi. Undan quyidagi oʻyinchilar joy olgan:

Darvozabonlar – Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”), Valijon Rahimov (OKMK), Oʻtkir Yusupov (“Navbahor”);

Himoyachilar – Rustam Ashurmatov (“Rubin”, Rossiya), Farruh Sayfiyev, Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Husniddin Aliqulov, Alibek Davronov, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Abdulla Abdullayev (OKMK), Saidazamat Mirsaidov (“Olimpik”);

Yarim himoyachilar – Odil Hamrobekov, Aziz Turgʻunboyev, Sardor Sobirxoʻjayev (“Paxtakor”), Aziz Gʻaniyev (“Shabob al Ahli”, BAA), Otabek Shukurov (“Fotih Karagyumruk”, Turkiya), Oston Oʻrunov, Jamshid Iskandarov (“Navbahor”), Jaloliddin Masharipov (“An Nasr”, Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov (“Torpedo”, Rossiya);

Hujumchilar – Jasur Yaxshiboyev (“Navbahor”), Eldor Shomurodov (“Spetsiya”, Italiya) va Bobur Abduxoliqov (“Ordabasi”, Qozogʻiston).