“Orzular palatasi” serialida onkologik kasalliklarga chalingan oʻsmirlar hayoti aks ettirilmoqda

    Madaniyat 3 Iyun 2021 9811

    Kinematografiya agentligi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda “My-films” studiyasi tomonidan “Orzular palatasi” serialining syomka jarayonlari davom etmoqda.

    Mazkur serialda onkologik kasalliklarga chalingan oʻsmir yoshdagi bolalarning taqdiri, atrofdagilarning munosabatlari, shifokorlar hayoti va tuygʻular aks ettirilgan.

    “Orzular palatasi” serialining ijodiy jamoasida ham asosan yosh mutaxassislarni koʻrish mumkin, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.

    Postanovkachi rejissyor Bobur Mansurov, ikkinchi rejissyor Ibrat Azamatov, ssenariy muallifi Dostonbek Rahmatullayev, postanovkachi operator Zikrillo Hikmatov, prodyuser Hamidullo Muradov. Aktyorlar Mehriddin Rahmatov, Seydulla Moldaxanov, Feruza Meliboyeva, Ibrat Azamatov, Shahriyor Baxtiyorov, Ikrom Marimov, Sardor Toʻrayev, Asal Abdullayeva, Parvina Sultonboyeva, Behzod Abdumalikov, Kristina Rustamova va boshqalar.