Ayni munosabat bilan Andijon viloyati hokimi oʻrinbosarlari M.Nishonov, A.Maksumov boshchiligida tadbirkorlar va guruh faollaridan iborat delegatsiya shaharda tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Bayram shahar markazida tantanali yurish bilan boshlandi. Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari shaharning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, taʼlim va ishlab chiqarish sohalari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida Andijon viloyatining hokimligi Oʻsh shahri bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va boshqa sohalarda doimiy hamkorlikka tayyor ekani taʼkidlab oʻtildi.

Tantanali tadbir konsert dasturi bilan yakunlandi.