O'sh shahriga sel keldi, 500 ga yaqin odam xavfsiz joyga ko'chirildi

    Qirg'iziston Respublikasining O'sh shahri va Qoracuv tumani qishloqlarida sodir bo'lgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga 258 nafar qutqaruvchi jalb qilindi.

    500 ga yaqin odam xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

    Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta maxsus texnikasi va 15 ta muhandislik texnikasi ishlamoqda. Sel oqibatlarini bartaraf etishda mahalliy aholi ham faol ishtirok etyapti. Hozirda tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zarar hisoblanmoqda.

    Qirg'iziston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabariga ko'ra, sel va toshqindan jabr ko'rgan Toleykan qishlog'i aholisiga yordam berish uchun ichki qo'shinlarning 7703-harbiy qismi shaxsiy tarkibi yuborildi.

    Kecha taxminan soat 14.00 larda O'sh viloyati qishloqlari va O'sh shahri hududida kuchli sel oqimi sodir bo'ldi.

    O'sh markaziy bozorining 80-90 foizini suv bosdi. Politsiya talonchilikning oldini olish uchun kuzatuv ishlarini olib bormoqda, deb xabar beradi 24.kg.