Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha kecha soat 15:09 da Uchtepa tumani, Taqachi koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan yongʻin qutqaruv ekipajlari manzilga yetib bordi va yongʻin soat 15:42 da qurshab olinib, soat 15:50 da batamom oʻchirildi.

Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.