Oshqozon saratoni dunyoda onkologik xastaliklardan oʼlim sabablari orasida yetakchi oʼrinlardan birini egallaydi. Yer yuzi boʼyicha yiliga 1 milliondan ziyod kishi ushbu kasallik oqibatida hayotdan koʼz yumayotgani buning tasdigʼi.
Mutaxassislar xulosasiga koʼra, muammoning eng asosiy omili kasallik sezilarli alomatlarsiz paydo boʼlishi bilan bogʼliq. Shu bois unga odatda ancha keng bosqichda tashxis qoʼyiladi.
Yaponiyaning Nagoya universiteti olimlari izlanishlari endi bu muammoga yechim boʼlishi mumkin. Negaki, ular oshqozon saratonini qondagi SDF4 oqsili yordamida aniqlash mumkinligini isbotladi.
Mazkur oson, arzon va tezkor diagnostika usuli orqali xastalikka hatto dastlabki bosqichlarida ham deyarli 90 foiz aniqlikda tashxis qoʼysa boʼladi.
Shu maqsadda oʼtkazilgan tadqiqotga 80 nafar sogʼlom inson va saratondan aziyat chekayotgan 582 nafar bemor jalb qilindi.
Sinovlar jarayonida SDF4 oqsili darajasi oshqozon oʼsmasiga chalingan bemorlar qoni tarkibida yuqori boʼlishi qayd etildi.