“Bemorlarning operatsiyadan keyingi kuzatuvi davomida shifokorlar bir qator holatda qon yangi oshqozonosti beziga faqat bitta arteriya – taloq orqali kirib borishini, shu bilan birga a'zoning faoliyati buzilmaganligini payqashdi. Institut mutaxassislari mazkur kuzatuvlar asosida ikkinchi arteriya orqali qon oqimini tiklamasdan, oshqozonosti bezi transplantatsiyasining yangi usulini joriy etishdi va tadbiq etishdi”, deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda institutda bunday operatsiyalarning 10 foizga yaqini yangi usulda amalga oshirilmoqda. 2023-yil avgust oyida ushbu usulni ishlab chiqqan olimlarga Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar mualliflari xalqaro akademiyasining ilmiy kashfiyotning rasmiy guvohnomasi va akademik P. L. Kapitsa nomidagi esdalik medallari berildi, deb xabar beradi ria.ru.