Xonobod shahrida tashkil etilgan “Etno strongman games” (Bahodirlar oʻyini) boʻyicha jahon kubogi va tosh koʻtarishda jahon chempionati doirasida Osiyo Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasining taʼsis konferensiyasi oʻtkazildi.
Muqaddam Osiyo mintaqasida sportning mazkur yoʻnalishi boʻyicha federatsiya mavjud boʻlmay kelgan. Osiyoning qator davlatlaridagi ushbu sport yoʻnalishi vakillari va sportchilar ishtirok etgan taʼsis konferensiyasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Osiyo Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasining prezidenti etib saylandi.